Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
“Yengil sanoat sohasida yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–174-son, 19.09.2025 y) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, Vazirlar Mahkamasi huzurida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.
Agentlik toʻqimachilik, charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik sanoati sohalarida ustuvor yoʻnalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Agentlik qoshida Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Agentlik tomonidan yengil sanoat sohasidagi korxonalarga 2025-yil 1-oktyabrdan quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari qoʻllaniladi:
— xalqaro brendlarni jalb qilish, standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish;
— eksport shartnomalari boʻyicha sugʻurtalashni moliyalashtirish xarajatlarini qoplash hamda mutaxassislarni oʻqitish uchun grantlar ajratish;
— xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, reklama kampaniyalarini tashkil etish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarining bir qismini qoplash.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring