Yengil atletika: hamyurtimiz Roksana Xudoyorova oltin medalni qoʻlga kiritdi
Bugun Singapurda yengil atletika boʻyicha mamlakat ochiq chempionati start oldi.
Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Roksana Xudoyorova uch hatlab sakrash dasturida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Mahoratli atletimiz mazkur turnirda 13,76 metr natija qayd etishga muvaffaq boʻldi. Bu uning oy boshida Sidneydagi Avstraliya ochiq chempionatida sakragan koʻrsatkichidan (13.54) yuqori natija boʻldi.
Shu tariqa, Tokio-2020 ishtirokchisi Xudoyorova oʻz sovrinlari orasiga uchinchi mamlakat (Oʻzbekiston, Avstraliya, Singapur) ochiq chempionatidagi gʻalabasini qoʻshib qoʻymoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring