Eng kuchli stritbolchilar saralandi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimiz mahallalari yoshlari oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” yangi avlod oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish hamda isteʼdodli yigit-qizlarni kashf etishda muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.
Shu yilning 9-12-noyabr kunlari Fargʻona viloyatida ushbu musobaqaning stritbol bahslari boʻyicha respublika bosqichi oʻtkazildi. Unda viloyat bosqichlarida gʻolib boʻlgan “V” ligasining 16-21, 22-30 yosh toifasidagi oʻgʻil hamda qiz bolalar jamoalari ishtirok etdi. Fargʻona viloyati olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlovchi markazi sport majmuasi zalida 250 nafardan ziyod mahalla yoshlari qatnashgan turnirda eng kuchlilar saralandi.
— Musobaqada 22-30 yosh toifasida viloyatimiz jamoasi faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi, — deydi Sirdaryo viloyati qizlar jamoasi aʼzosi Nozima Qodirova. — Bizning jamoada ham kelajakda havaskorlikdan professional sportga oʻtish istagidagi qizlar koʻp. Shu sababli, bunday musobaqalar mahoratimizni oshirib borishda qoʻl keladi.
Shu tariqa oʻgʻil bolalar oʻrtasida 16-21 yosh toifasida faxrli birinchi oʻrin Toshkent shahri jamoasiga nasib etgan boʻlsa, Navoiy va Samarqand viloyati yoshlari ikkinchi va uchinchi oʻringa munosib topildi. 22-30 yosh toifasida fargʻonalik yosh stritbolchilar shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi. Toshkent shahri va Samarqand viloyati jamoalari ikkinchi va uchinchi oʻrinni zabt etdi.
Qizlar jamoalari oʻrtasida 16-21 yosh toifasida Fargʻona viloyati jamoasi tengsiz boʻldi. Keyingi sovrinli oʻrinlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati jamoalari nasib etdi. 22-30 yosh toifasida Fargʻona viloyati barcha raqiblaridan ustun keldi. Sirdaryo va Namangan viloyati jamoalari mos ravishda ikkinchi hamda uchinchi oʻrinni egalladi.
Stritbol boʻyicha respublika bosqichi gʻoliblariga oltin, kumush va bronza medallari, qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring