Energiya samaradorligi milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:37 21 Aprel 2025 Jamiyat
134 0

Badriddinov Ziyoviddin Bositovich prezidentning tegishli qarori bilan Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori etib tayinlandi.

U bunga qadar, 2019-yildan buyon Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Badriddinov Ziyoviddin oʻrniga Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi boshqaruv raisi etib Asadulla Qayumov tayinlandi.

Taʼkidlash joiz, agentlik energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada ragʻbatlantiruvchi va taʼsir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish bilan shugʻullanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер