Energetika vazirligi elektr energiyasi rejali oʻchirilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Energetika vazirligi soat 11 dan soat 17 gacha elektr energiyasini oʻchirilishi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.
Vazirlik 26-iyulda soatlik va kunlik elektr energiyasi isteʼmoli rekordi yangilangani haqida xabar eʼlon qilgandi. Qayd etilishicha, ushbu xabarda keltirilgan faktlar notoʻgʻri talqin qilinayotgan holatlar uchramoqda.
Xususan, bir qator Telegram kanallarda biri-biridan koʻchirib bosilayotgan postlarda yuqoridagi materialda keltirilgan maʼlumot — 26-iyul Toshkent shahrida soat 11 dan soat 17 gacha ayrim isteʼmolchilarga kiritilgan qisqa muddatli vaqtinchalik cheklovlar haqidagi fakt “Elektr energiyasi 11 dan 17 gacha oʻchiriladi” mazmunida notoʻgʻri talqin qilinmoqda. Ayrim saytlar ham rejali oʻchirishlar haqida yozmoqda.
“Qatʼiy taʼkidlaymizki, ertaga yoki keyingi kunlarda ham soat 11 dan soat 17 gacha elektr energiyasini oʻchirish rejalashtirilmayapti”, deyiladi raddiyada.
Taʼkidlanishicha, Energetika vazirligi hech bir hududda bu kabi oʻchirishlarni rejalashtirmayapti. Xabarda faqat kelgusida kuzatilayotgan issiqlik fonida qaysidir hududda ortiqcha yuklama tufayli avariya holati yuzaga kelish ehtimoli paydo boʻlsa, oʻsha tarmoq yoki transformator toki sovib olguniga qadar qisqa muddat tarmoqdan uzib turilishi mumkinligi aytilgan.
Vazirlikning bildirishicha, ayni kunlarda ham generatsiya boʻyicha hech qanday tanqislik yoʻq va bu boʻyicha majburiy oʻchirishlar koʻzda tutilmagan. Energotizimda talabdan ortiq 1300 MVt zaxira quvvatlari mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring