Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi boʻsh turgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin boʻladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi boʻsh turgan 5 ming kvadratgacha boʻlgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin boʻladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishida aytildi.
Yigʻilishda qayd etilishicha, mahallalarga mablagʻ ajratilib, sharoit yaratilgani uchun shu yilning oʻzida 237 ming oila kambagʻallikdan chiqdi. Lekin hozirda 28 ta kichik tumanda ishsizlikka qarshi yetarli chora koʻrilmayotgani qayd etildi.
Mahalla tizimi uchun masʼul rahbarlarga bugundanoq ishchi guruhi tuzish va ushbu 28 ta tumanga borib, ulardagi ishsizlik, kambagʻallik va jinoyatchilikni kelasi yili 2 karra qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi.
Mahallalarga 2 ming kvadrat metrgacha boʻsh davlat obyektlarini auksionga chiqarish vakolati berilgan. Masalan, Samarqand shahar Shodlik mahallasi 1,5 ming kvadratli bino sotuvidan mahalla byudjetiga 5 milliard soʻm tushirgan.
“Koʻryapsizlarmi, qolgan mahallalarda ham “yettilik” izlansa, 3 mingga yaqin bunday binolarni sotish orqali ancha masalani hal qilsa boʻladi”, dedi Prezident.
Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi boʻsh turgan 5 ming kvadratgacha boʻlgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin boʻladi.
Sotuvdan tushgan mablagʻning 70 foizi mahallaning oʻzida qoladi va infratuzilmaga sarflanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring