Endilikda chet tili 1-fan boʻlgan yoʻnalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi

13:29 29 Yanvar 2026 Jamiyat
686 0

Endilikda chet tili 1-fan boʻlgan yoʻnalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unga koʻra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud boʻlgan taʼlim yoʻnalishlariga qabulda:

  • B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
  • B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Shuningdek, ilgari mazkur yoʻnalishlarga qabul kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер