Endilikda 14 – 18 yoshdagi voyaga yetmagan shaxslar oʻzlari mustaqil bank kartasini ochishlari mumkin boʻladi
Adliya vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisida«gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyruqni (roʻyxat raqami: 3294-3, 11.11.2025-y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Ushbu hujjat bilan foydalanuvchi subyektlarga koʻra bank kartalarining turlari kengaytirildi. Xususan:
- Biznes bank kartasi – yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxsga oʻz hisobvaragʻidagi mablagʻlarni boshqarish imkonini beradi.
- Ijtimoiy bank kartasi – ijtimoiy va boshqa toʻlovlardan tushgan mablagʻlarni boshqarish uchun moʻljallangan.
Shuningdek, oldindan emissiya qilinadigan shaxsiy bank kartalarini chiqarish va ularni mobil ilovalar orqali foydalanuvchini identifikatsiyalagan holda aktivlashtirish tartibi belgilandi.
Endilikda 14 – 18 yoshdagi voyaga yetmagan shaxslar oʻzlari mustaqil, 14 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar ota-onasidan biri yoki qonuniy vakilining yozma roziligi asosida tijorat banklarida bank kartasini ochishlari mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, mazkur hujjat bilan yuridik shaxslar uchun ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun toʻlovlarni korporativ bank kartalari orqali toʻlash imkoniyati yaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring