Endilikda 11,25 mln soʻmdan ortiq pul oʻtkazmalari uchun nazorat kuchaytiriladi
2025-yilning 28-mart kuni noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha yangi ichki nazorat qoidalari roʻyxatdan oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Yangi tartib bilan toʻlov xizmatlari va elektron pul tizimlari orqali amalga oshiriladigan yirik pul oʻtkazmalari shaxsiy maʼlumotlar bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga koʻra, toʻlov tashkilotlari jismoniy shaxs toʻlov tashkiloti mobil ilovasi orqali akkaunt ochish uchun murojaat qilganda, tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchi subyektlar elektron terminaldan (E-POS) foydalanish uchun murojaat qilganda, BHMning 500 baravariga teng (187,5 million soʻm) yoki undan oshgan summada toʻlov tashkiloti mobil ilovasida akkaunt ochmasdan yoki mobil ilovasidagi akkauntdan foydalanmasdan operatsiyalarni amalga oshirishda va maʼlumotlarga nisbatan gumon boʻlganda mijozlarni maxsus tekshiruvdan oʻtkazadi.
Endilikda BHMning 30 baravari (11,25 mln soʻm) yoki undan koʻproq summadagi pul oʻtkazmalari, joʻnatuvchi va oluvchining shaxsiy maʼlumotlari bilan birga amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda jismoniy shaxslardan pasport yoki ID-karta seriyasi, raqami, tugʻilgan sana va joyi, yuridik shaxslardan esa tashkilot nomi va STIR raqami talab etiladi.
Taʼkidlash joiz, agar pulni qabul qiluvchining banki joʻnatuvchining maʼlumotlarini boshqa manbalardan ololsa, faqat JSHSHIR yoki operatsiya identifikatori yetarli boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring