Endi sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekistonda har yili oʻn minglab maktab oʻquvchilari xorijiy til va fanlar boʻyicha xalqaro sertifikatlar olyapti. Masalan, 2016-yilgacha jami 2 ming nafar maktab oʻquvchisi sertifikat olgan edi. Oʻtgan yili birgina xorijiy tillarning oʻzidan 150 ming yoshlarimiz xalqaro sertifikatga ega boʻldi.
Prezidentning oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqotida endi bunday sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinishi aytildi.
“Bugungi tadbirimizda oʻzi yosh boʻlishiga qaramasdan, yuzlab oʻgʻil-qizlarimizni yuqori marralarga yetaklayotgan kogonlik qizimiz Billura Ikramova ham qatnashyapti.
Billura qizimiz top-200 talikka kiradigan Buyuk Britaniyaning Reding oliygohini bitirib, katta-katta idoralardan boʻlgan takliflarni rad etib, Romitanning eng chekka qishlogʻidagi maktabda ingliz tilidan dars bermoqda.
Yoki Oksford universiteti doktoranti Nodira Nabiyeva eshitish qobiliyatini yoʻqotgan oʻquvchilarga ingliz tilini oʻrgatish boʻyicha innovatsion metodika yaratdi. Germaniya va AQSHdagi oliygohlarning professor-oʻqituvchilari bu metodikadan foydalanayotgani bizni quvontiradi.
Eng katta niyatim, maqsadim – taʼlim va yana bir bor taʼlimga eʼtibor berib, bunday isteʼdodli va fidoyi yosh oʻqituvchilarimiz safini kengaytirish. Buning uchun har qanday sharoitlarni yaratib berishga tayyorman.
Biz yoshlarimizni nafaqat zamon bilan hamnafas, balki kelajakka tayyor qilib tarbiyalashimiz kerak. Hech qachon unutmaylik, kelajak – zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yangi kasb egalariniki boʻladi”, dedi davlat rahbari.
Iqtisodiyotimizga yiliga 30-35 milliard dollar investitsiya, yangi yoʻnalishlar, zamonaviy texnologiyalar kirib kelyapti, minglab korxonalar ishga tushyapti. Shuning oʻzidan yiliga 250-300 ming atrofida yuqori daromadli ish oʻrinlari paydo boʻlyapti.
Bu joylar, eng avvalo, yoshlarimiz ishli boʻlishi uchun qoʻshimcha imkoniyat. Lekin ular zamonaviy texnologiya va xorijiy tillarni bilishi, kasbiy koʻnikma va malakaga ega boʻlishi zarurligi taʼkidlandi.
2026-yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga oʻrgatish yili boʻlishi qayd etildi.
Shu maqsadda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil qilinmoqda. Ushbu agentlik va hokimlarning asosiy vazifasi barcha 598 ta texnikumga yangi muhit olib kirish va xalqaro standartlarni joriy qilishdan iborat boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring