Endi oʻqituvchilar ovoz yigʻib yurishmaydi(mi?)

“Tashabbusli byudjet” jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Yangi tartibga koʻra, har yili tuman va shaharlar byudjetida 10 tadan kam boʻlmagan, koʻpi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablagʻlar rejalashtiriladi hamda 10 tadan ortiq loyihalar uchun mablagʻlar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududning aholi sonidagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.
Shuningdek, oʻzini-oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtganligini inobatga olgan holda 2025-yil 1-mavsumdan boshlab moliyaviy mustaqil boʻlgan Oliy oʻquv muassasalarining “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.
Bundan tashqari, endilikda mablagʻlardan samarali foydalanish hamda ijtimoiy muammolarga koʻproq eʼtibor qaratish maqsadida “Tashabbusli byudjet” jarayoni doirasida tashkilotlar tomonidan barcha turdagi avtomobillar, jamoat xavfsizligini taʼminlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari, svetoforlar), rahbar xodimlar uchun mebel jihozlarini xarid qilish ham taʼqiqlanadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, 2025-yil uchun Ochiq byudjet loyihalari taqvimi tasdiqlangan edi.
Unga koʻra, “Tashabbusli byudjet”ning birinchi mavsumiga 1-fevral kuni start beriladi. Birinchi mavsum gʻoliblari 21-mart kuni eʼlon qilinadi. Birinchi mavsum 48 kun davom etadi.
“Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumi 15-iyulda boshlanadi va 30 kun davom etadi. Ikkinchi mavsum gʻoliblari 1-sentyabr kuni eʼlon qilinishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring