Emmanuel Makron «Real Madrid»ga ultimatum qoʻydi
Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «Le Parisian» nashriga bergan intervyusida Madridning «Real» klubi rahbariyatidan hujumchi Kilian Mbappega 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtadigan Olimpiadada ishtirok etishiga ruxsat berishni soʻraganini aytdi.
Makronga koʻra, u shu maqsadda «Qirollik klubi» vakillariga bosim oʻtkazgan.
«Umid qilamanki, u Olimpiadada oʻynaydi. Nima boʻlganda ham men uning boʻlajak klubiga maksimal bosim oʻtkazdim», — deydi Makron.
Mbappe 2017-yildan beri PSJ sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u oʻzi tarbiyalangan «Monako» safida harakat qilgan.
OAV xabar berishicha, Mbappe fransuz klubi bilan shartnomasi yakunlansa «Real»ga oʻtishga qaror qilgan. Mbappening PSJ bilan amaldagi kelishuvi 2024-yilning 30-iyuniga qadar tuzilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring