Elektron hisobvaraq-fakturalarning xavf darajasini aniqlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori (830-son, 26.12.2025-y.) bilan “Elektron hisobvaraq-fakturalarning xavf darajasini aniqlash va ularda aks ettirilgan operatsiyalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Nizom elektron hisobvaraq-fakturalarning (EHF) tovarlarni (xizmatlarni) aynan bitta yetkazib berish zanjiri boʻyicha xavf darajasini baholash, ularni tegishli toifalarga ajratish tartibini, shuningdek, xavf darajasiga qarab EHFlar boʻyicha QQS toʻlash va hisobga olish xususiyatlarini belgilaydi.
Nizomga koʻra, EHFlar xavf darajasini baholash tizimi (Axborot tizimi) asosida aniqlangan yuqori xavf darajasiga ega boʻlgan EHFlarning ulushi hisobot davrida QQS toʻlovchilari tomonidan rasmiylashtirilgan jami EHFlar sonining 10 foizidan oshmasligi lozim.
EHFlarning xavf darajasi mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ushbu Nizomni qoʻllash maqsadida EHFlar xavf darajalari boʻyicha quyidagi toifalarga muvofiq tasniflanadi:
- xavf darajasi past EHFlar;
- xavf darajasi yuqori EHFlar.
Shuningdek, EHFlar axborot tizimida nazarda tutilgan har bir mezon boʻyicha tegishli ballar sonini qoʻshish orqali avtomatik tarzda baholanadi.
EHFlar xavf darajalari boʻyicha qoʻllanadigan har bir mezon boʻyicha hisoblangan umumiy ball asosida tasniflanadi.
Soliq qoʻmitasi xavf darajasini hisobga olgan holda, EHFlarning markazlashtirilgan elektron reyestrini yuritadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring