Elektroyenergetik tizimlarning rejimlarini tahlili va nazariyasi boʻyicha mashhur oʻzbekistonlik akademik vafot etdi
Akademik Nosirov Temurjon Xayrullayevich 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etish kerakki, mashhur akademik elektroenergetik tizimlarning rejimlarini tahlili va nazariyasi boʻyicha yirik olim hisoblanardi.
“Kamtarin va samimiy olim elektroenergetik tizimlarning normal va avariya rejimlarini kompleks tahlil usullarini yaratish va umumlashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, marhum akademik 1941-yilning 25-iyulida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tugʻilgan.
Shuningdek, “Oʻzbekiston energomarkazi”ning bosh direktori, ToshTU energetika fakulteti professori, “Elektroenergetika” yoʻnalishining ilmiy rahbari boʻlib ishlagan. Ilmiy ishlari elektroenergetika tizimlarning turli rejimlari tahlili uchun nazariy umumlashtirilgan modellari va algoritmlariga hamda avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimlariga bagʻishlangandi.
“Xalq soʻzi” marhumning yaqinlari, doʻstlari va shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring