Elektr taʼminoti sifati yaxshilanmoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Marhamat tumanidagi “Rohat” mahallasida “Mingtepa” gidroelektrostansiyasi foydalanishga topshirilish arafasida.
— Mazkur loyiha qiymati 8 million AQSH dollarini tashkil etadi, yiliga 25,6 million KVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi, — deydi viloyat hokimligi masʼul xodimi Rustamjon Eshonov. — GES ishga tushirilgach, hududdagi 9 ming 200 ta xonadon muntazam elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.

Aytish joiz, viloyatda elektr taʼminotidagi muammolarni bartaraf etish uchun 30 million AQSH dollariga teng boʻlgan loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Buning natijasida 30 ta mikrogidroelektrostansiyalar quriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring