Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish oʻgʻirlik deb belgilandi
Foto: Arxiv surat
Qonun (OʻRQ–822-son, 13.03.2023-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Jumladan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:
— umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan talon-toroj qilish oʻgʻrilik deb belgilandi hamda mazkur huquqbuzarlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilishi mumkin.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ushbu huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etgan shaxslarga quyidagi maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:
— BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln soʻmdan 6 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
— yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring