Elektr energiyasini “iqtisod” qilmoqchi boʻlgan tadbirkorlar qoʻlga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ikki viloyatda elektr-energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani haqida xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Namangan va Andijondagi qonunbuzarliklarda yetkazilgan zarar qariyb 3 milliard soʻmni tashkil etgan.
Departamentning Chust tumani boʻlimi oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ch.Sh.” MCHJ masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 2,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklarini aniqladi.
Boshqa bir holatda, Departamentning Andijon shahri boʻlimi va “Oʻzenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.b.” NTM masʼul shaxslari va boshqalar ushbu taʼlim muassasasi binosini elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida shartnomasiz toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, jami 892,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring