Elektr energiyasini hisobga olish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (749-son, 27.11.2025-y.) bilan “Elektr energiyasini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur nizom elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, saqlash va isteʼmol qilish jarayonlarida hisobga olish tizimiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Hisobga olish tizimi quyidagi tarkibiy qismlarni oʻz ichiga oladi:
- aktiv va reaktiv energiya miqdorini hisobga oladigan hisoblagich va unga qoʻshimcha ravishda oʻrnatilgan impulsni qayd etish moslamasi, vaqt manbai va batareyasi;
- aniqlik sinfi va yuklamasini hisoblash aniqligiga mos boʻlgan oʻlchov transformatorlari;
- ikkilamchi zanjirlar, ulash simlari, sinov bloki yoki oʻchirib-yoqish qurilmasi, yuklama rezistorlari, hisoblagich shkafi, xavfsizlik muhrlari va qulflari.
Elektr energetikasi obyektlarini loyihalashtirish jarayonida hisobga olish tizimining umumiy nisbiy xatoligi baholanishi va uni minimallashtirish boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
Shuningdek, har bir hisobga olish nuqtasi boʻyicha avtomatik tarzda maʼlumotlar jurnalini yuritish majburiy hisoblanadi.
Ushbu jurnallar kamida 5-yil muddatda saqlanishi va axborot xavfsizligi talablariga mos ravishda arxivlanishi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring