Elektr energiyasi tarmogʻiga noqonuniy ulanishlar oqibatida deyarli 50 milliard soʻm zarar yetkazilgan — “Oʻzenergoinspeksiya”
2022-yilning yanvar — mart oylarida oʻtkazilgan tadbirlarda tadbirkorlik subyektlari, energotizim korxonalari, davlat tashkilotlarida jami 221 ta noqonuniy holat aniqlangan. Natijada energotaʼminot korxonalari jami 40,3 mlrd. soʻm yetkazilgan zararni qayta hisob-kitob qildi.
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati rahbari Navroʻz Norboboyev maʼlum qildi.
Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan isteʼmolchilarni aniqlash boʻyicha qoʻshma nazorat tadbirlarida 277 ta isteʼmolchi 12,8 mln. kVt.soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi. Buning natijasida tizimga 5,7 mlrd. soʻm zarar yetkazilgan.
Noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi – Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, va Toshkent viloyatlarida aniqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring