Eldor Shomurodov Turkiya Superligasidagi 13-golini urdi
Bugun, 17-yanvar kuni Turkiya Superligasining 18-turidan oʻrin olgan oʻyinlar start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Istanbul Bashakshehir” klubi oʻz maydonida “Fatih Karagyumryuk” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 15-daqiqada Eldor Shomurodov tomonidan ochildi. Bu Eldorning Turkiya Superligasidagi 13-goli boʻldi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 79-daqiqasida mehmonlar aʼzosi David Fofana hisobni tenglashtirdi. 87-daqiqada Oʻmer Ali Shahiner “Bashakshehir”ga gʻalaba keltirgan golga mualliflik qildi. Shu tariqa oʻyin 2:1 hisobi bilan yakunlandi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev oʻyinni asosiy tarkibda boshladi. Sofascore tomonidan Eldorning harakatlari 8 ballga, Abbosning harakatlari esa 6 ballga baholandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring