Eldor Shomurodov “Bashakshehir”ning asosiy hujumchisi boʻla oladimi?
Foto: “Bashakshehir” / Instagram
Xabaringiz bor, yozgi transferlar oynasi davomida Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Italiyaning “Roma” klubidan Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoasiga ijaraga berildi. Eldor ushbu transferdan keyin jamoasining asosiy hujumchisiga aylana oladimi? Bugun shu savolga javob qidiramiz.
Oʻtgan yili “Bashakshehir” jamoasining hujum chizigʻida quyidagi futbolchilar oʻynadi:
Kshishtof Pyontek – 33 ta oʻyin, 21 ta gol;
Joau Figueyredu – 34 ta oʻyin, 7 ta gol;
Filip Kenni – 27 ta oʻyin, 4 ta gol.
– Lekin bu yigitlarning birortasi hozir jamoada emas. “Milan” jamoasining sobiq futbolchisi Pyontek Qatarning “Al-Duhayl” klubiga 10 million yevro evaziga transfer qilingan.
– Yaqinda Malayziya fuqaroligini qabul qilgan Joau Figueyredu esa aynan shu mamlakat sharafini himoya qiladigan “Johor Darul Tazim” jamoasiga koʻchib oʻtgan.
– Senegallik futbolchi Filip Kenni esa ayni vaqtda erkin agent.
Markaziy hujumni kuchaytirish uchun “Bashakshehir” Eldor Shomurodovdan tashqari yana 2 ta futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Ular:
Devi Zelke – “Gamburg” jamoasidan erkin agent sifatida kelib qoʻshilgan. 30 yoshda. Oʻtgan mavsum jamoasi safida 31 ta oʻyinda maydonga tushib 22 ta gol urgan holda ikkinchi Bundesliganing eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. “Transfermarkt” portali 3,5 million yevroga baholamoqda.
Nunu da Koshta – Turkiya chempionati vakili “Qosimposha” klubidan erkin agent sifatida kelib qoʻshilgan. 34 yoshda. Oʻtgan mavsum jamoasi safida 29 ta oʻyinda maydonga tushib 13 ta gol urgan. “Transfermarkt” portali 600 ming yevroga baholamoqda.
Shuningdek, “Bashakshehir”da 2 nafar turkiyalik markaziy hujumchilar ham koʻzga tashlanmoqda. Ular oʻtgan mavsumni “Muglaspor”da ijara asosida oʻtkazgan Muhammed Arslantash va “Anadolu Uni” klubidan qaytgan Efechan Barlik.
Endi jamoa oʻyini haqida toʻxtalsak: “Bashakshehir” asosan 3-5-2 taktikasida oʻynaydigan jamoa. Demak, koʻp ehtimol oʻyinlarda 2 ta markaziy hujumchi maydonga tushiriladi. Shundan kelib chiqqan holda jamoaning asosiy hujumchilari Zelke va Shomurodov boʻlsa ajabmas. Lekin Nununi Turkiya chempionatida tajribasi bor ekanligi kishini oʻylantirmoqda.
Xulosa qilsak, Eldorning yangi jamoasidagi asosiy markaziy hujumchi boʻlish uchun imkoniyatlari yetarli. Faqatgina futbolchimiz oʻz salohiyatini koʻrsata olsa, bas.
Muhammadamin Zuhriddinov tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring