“Elbekning gʻururi” – Paralimpiya oʻyinlari sovrindori haqidagi hujjatli film
Kinematografiya agentligi, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (BDKI)ning Toshkent filiali hamda “Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi” DUK bilan hamkorlikda “Matonat maktabi” loyihasi boʻyicha bir qator filmlar suratga olingan.
Mazkur turkumdagi filmlar doirasida ishlab chiqarlgan kartinalardan biri “Elbekning gʻururi” hujjatli filmidir. Unda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida para yengil atletikaning F12 klassida yadro uloqtirish boʻyicha erkaklar oʻrtasida final bellashuvida bronza medaliga sazovor boʻlgan Elbek Sultonov haqida hikoya qilinadi. Elbek Sultonov bellashuvda 15,94 metr natijani qayd etgan va koʻplab sport ixlosmandlarining eʼtirofiga sazovor boʻlgan edi.
Film ssenariy mualliflari Muyassar Maqsudova va Doniyor Abbosov, rejissyor Muyassar Maqsudova, operator Seyran Kovalov, montaj ustasi Doniyor Abbosov, kartina direktori Polina Yermakova, badiiy rahbar Bahodir Odilov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring