Elbek Sultonov Paralimpiya oʻyinlari chempioni boʻldi
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslarining para yengil atletika sport turi boʻyicha bahslar boʻlib oʻtmoqda. Bugun, 31-avgust kuni erkaklar oʻrtasida F12 klassida yadro uloqtirish bahslari yakuniga yetdi.
Ushbu yoʻnalishda startga chiqqan oʻzbekistonlik Elbek Sultonov 16.45 metr natija qayd etdi va delegatsiya hisobiga uchinchi oltin medalni qoʻshib qoʻydi.

Bu orqali Oʻzbekiston delegatsiyasi medallari soni 7 ta (3 ta olti, 2 ta kumush va 2 ta bronza)ga yetdi va umumjamoa hisobida 7-oʻringa koʻtarilib oldi.

Avvalroq para yengil atletikachilar Asila Mirzayorova hamda Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayevlar Paralimpiya chempionligini qoʻlga kiritgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring