Ekologiya vazirligi Toshkent havosining ifloslanishi yuzasidan rasmiy izoh berdi
Ekologiya vazirligi Toshkent shahrida havo ifloslanishi yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, bahor va yoz oylarida esa, asosan, havo issiq va quruq boʻlgan kunlarda, koʻp holatlarda mintaqaga choʻllanish va qurgʻoqchilik taʼsirida tabiiy chang kirib kelishi oqibatida ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi oshishi kuzatiladi.
Bugungi kun holatida esa mazkur ifloslanish yogʻingarchilikdan keyin hosil boʻlgan kam miqdordagi tuman, shuningdek, konveksiya jarayoni, yaʼni nam havo oqimi kirib kelishidan oldingi havoning pastdan yuqoriga koʻtarilishi omili sabab yuz berayotganini kuzatish mumkin.
“Oʻzbekistonda havoning chang bilan ifloslanishi tabiiy (quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar) va antropogen (transport, sanoat, qurilish tashlamalari) omillar bilan bogʻliq. Kuchsiz shamollar, harorat inversiyasi, atmosfera havosining turgʻunligi kabi sabablar atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi uchun sharoit yaratadi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Mamlakatning tabiiy xususiyatlari (quruq iqlim, qumli va gilli tuproq) sababli atmosfera havosida muallaq zarrachalar — chang miqdori yuqoridir. Bugungi kunda Jahon banki bilan hamkorlikda Toshkent shahrining havo sifatini baholash boʻyicha loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasidagi oʻrganishlar hamda dastlabki hisobotga asosan, Toshkent shahrida PM2.5-mayda dispers zarrachalarining shakllanishida tabiiy chang — 36 foiz, issiqlik taʼminoti — 24 foiz, transport vositalari — 16 foiz, sanoat korxonalari — 13 foizni tashkil etishi koʻrsatilgan.
Xususan, bugun, 17-may soat 9:00 holatiga koʻra, atmosfera havosidagi PM2.5-mayda dispers zarrachalari miqdori 66 mkg/m³ ni tashkil etgan. Soʻnggi yillarda Toshkent shahridagi atmosfera havosining pastki qatlamida (100-150 metrgacha) harorat inversiyasi (havo haroratining balandlikka qarab ortib borishi) vujudga kelishi kuzatilmoqda.
Harorat inversiyasi havoning vertikal harakatlariga toʻsqinlik qiladi, natijada mayda zarrachali PM2.5-mayda dispers zarrachalari konsentratsiyasi oshib borishiga sabab boʻladi. Kuz-qish mavsumida issiqlik taʼminoti tizimida yoqilgʻi sifatida koʻmir va mazutdan foydalanish natijasida doimiy ravishda uzluksiz mayda zarrachali PM2.5-mayda dispers zarrachalari konsentratsiyasi oshishi holati kuzatilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring