Ekologik qayta tiklash loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 1-dekabr kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Markaziy Osiyoda mavjud boʻlgan ilgarigi uran konlari hududini ekologik qayta tiklash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun jahon hamjamiyatining eʼtiborini qaratish maqsadida Yevropa Komissiyasi, BMT Taraqqiyot dasturi, OBSE, MAGATE, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston delegatsiyalari ishtirokida “Markaziy Osiyo uchun Ekologik qayta tiklash hisobi” boʻyicha donorlar assambleyasi yigʻilishi onlayn tarzda boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi B.Gulyamov, delegatsiya rahbari hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi xodimlari E. Nabiyev, A. Karayev, T.Abdulgaziyev va M. Toʻxtabekovlardan tarkib topgan. Tadbir davomida B.Gulyamov tomonidan yigʻilish ishtirokchilari va donor mamlakatlarga murojaatnomasi yoʻllandi va E.Nabiyev tomonidan Chorkesar va Yangiobod hududlarida 2019-2020-yillarda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
Shu bilan birga tadbir davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Yevropa Ittifoqining Ekologik qayta tiklash boʻycha yangilangan hisobotlari tinglandi hamda ilgarigi uran konlari obyektlarida, shu jumladan Chorkesar va Yangiobod hududlarida ekologik sogʻlomlashtirish ishlarini boshlash uchun bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring