Ekologik holatni yanada yaxshilash imkoniyati
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda sanitariya va ekologik holatni yaxshilash boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi aʼzolari “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamasida mazkur hujjat sohaning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilganiga eʼtibor qaratdilar.
Xususan, loyihada atrof tabiiy muhitni normativdan ortiq darajada ifloslantiruvchi korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklashni hamda toʻxtatib turishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Fraksiya aʼzolari tomonidan qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda ekologik holatni yanada yaxshilash, aholining hayoti va sogʻligʻiga xavf yuzaga kelishining oldini olish, vakolatli davlat organlarining ushbu yoʻnalishdagi masʼuliyatini oshirish imkonini berishi taʼkidlandi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham mufassal koʻrib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi bilan oʻndan ortiq qonunga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda hamda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda.
Fraksiya aʼzolari tomonidan qonun loyihasida 100 ming nafardan kam boʻlmagan fuqarolar, Senat, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini kiritishga haqli ekanligi haqidagi konstitutsion norma belgilanayotgani davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning ishtirokini yanada kentaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Fraksiyalar yigʻilishlarida muhokama qilingan qonun loyihalari deputatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring