YXHT Oʻzbekistondagi davlat organlari uchun kiberxavfsizlik boʻyicha treninglar dasturini ishga tushirdi
Foto: «Xalq soʻzi»
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning Oʻzbekistondagi loyiha koordinatori Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Noventiq Education” oʻquv markazi bilan hamkorlikda davlat organlarida axborot xavfsizligi sohasi boʻyicha maʼsul 70 nafar mutaxassis uchun treninglar oʻtkazmoqda.
Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi.
14-iyuldan 21-avgustgacha davom etadigan trening dasturi kiberhimoyaning uchta asosiy yoʻnalishini qamrab oladi:
- Ethical Hacking — yovuz niyatlilar qanday fikrlaydi va ularga qanday qarshi kurashish kerak. Ishtirokchilar xakerlik hujumlari usullarini chuqur oʻrganib, real xavfli vaziyatlarni modellashtirish orqali zaifliklarni aniqlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni egallaydilar.
- Linux xavfsizligi — dunyo serverlarining 90 foizdan ortigʻi Linux platformasida ishlaydi, jumladan web-serverlar, maʼlumotlar bazalari, korporativ va davlat tizimlari. Trening tizim xavfsizligini sozlash, kirish nazorati, jurnal yuritish hamda Linux muhitidagi tipik tahdidlarni qamrab oladi.
- Windows Server Security — server infratuzilmasining barqarorligini taʼminlash. Ishtirokchilar serverlarni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish, xavfsizlik sozlamalari, monitoring va raqamli hujumlarni oldini olish boʻyicha amaliy bilimlarga ega boʻladilar.
Bu yoʻnalishlar tasodifan tanlanmagan. Aynan shu yoʻnalishlar zamonaviy raqamli servislar quriladigan IT manzarasining asosini tashkil etadi.
“Bugungi raqamli tahdidlarga samarali javob berish uchun mutaxassislar nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy koʻnikmalarga ham ega boʻlishlari zarur. Bunday treninglar real hayotiy vaziyatlarga tayyorlanish imkonini yaratadi. Bu raqamli infratuzilmaning barqarorligi va xavfsizligini saqlab qolish uchun muhim bir qadamdir.” – deydi YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatorining vazifasini bajaruvchi Sergei Sizov.
Oʻtkazilayotgan treninglar YXHT tomonidan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va raqamli maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha milliy salohiyatni oshirishga qaratilgan keng koʻlamli tashabbusning bir qismidir. Ushbu oʻquv tadbirlari YXHT ning “Kiber tahdidlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tahdidlarga qarshi kurashishda milliy salohiyatni rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Tashabbus davlat idoralarining professional malakasini oshirish, shuningdek, xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy etishga qaratilgan. Shu bilan axborot xavfsizligi sohasida milliy salohiyatni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan tizimli ishlarning bir qismiga aylanadi hamda mutaxassislarni zamonaviy raqamli tahdidlarga tayyorlashni taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring