“Education USA” dasturining mintaqaviy forumi boʻlib oʻtmoqda
Foto: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati
Bugundan poytaxtimizda AQSH universitetlari hamda Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlaridagi “Education USA” dasturining mintaqaviy forumi oʻz ishini boshladi.
Ushbu dasturning asosiy maqsadi AQSH universitetlarida tahsil olish uchun xorijiy davlat fuqarolarini jalb qilishga qaratilgan. Forumda AQSH Davlat departamenti va 50 dan ortiq Amerika universitetlari vakillari, xususan, xalqaro hamkorlik boshqarmasi rahbarlari va xodimlari, marketing va chet el fuqarolarini AQSH universitetlarida oʻqishga jalb qilish boʻyicha masʼullar hamda AQSHning mamlakatimizdagi elchixonasi mutasaddilari ishtirok etmoqda.
Shuningdek, anjumanda Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Bangladesh, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Nepal, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston kabi jami 10 ta Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlaridan “Education USA” dasturi vakillari qatnashmoqda.
Forumning ochilish tadbirida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ishtirok etib, qatnashchilarni samimiy qutladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring