Eberechi Eze jamoasiga gʻalaba keltirdi
Kecha, 26-oktyabr kuni Angliya Premyer-ligasining 9-turidan oʻrin olgan oʻyinlar boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Arsenal” klubi oʻz maydonida Angliya kubogining amaldagi gʻolibi — “Kristal Pelas”ni qabul qildi.
Uchrashuv 1:0 hisobida “toʻpchilar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona gol muallifi 39-daqiqada Eberechi Eze boʻldi.
“Arsenal”ning qimmatbaho futbolchisi Viktor Gyokeres faoliyatidagi eng yomon oʻyinlardan birini oʻtkazdi. “Sofascore” portali ham uning oʻyinini 5,7 ballga baholadi. Gyokeres soʻnggi marta 2024-yilning 10-noyabrida 5,8 dan pastroq baho olgandi.
Oʻyin qahramoni deb esa jarohat tufayli 82-daqiqada majburan almashtirilgan Deklan Rays eʼtirof etildi. Uning harakatlari portal tomonidan 8,3 ballga baholandi.
Maʼlumot uchun, “Arsenal” klubi keyingi oʻyinini 30-oktyabr kuni Angliya liga kubogi doirasida “Brayton”ga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring