Dzyudo: qizlarimiz Osiyo Kubogi — 2022da 5 ta vaznning barchasida chempion boʻlishdi

13:28 14 May 2022 Sport
593 0

Qozogʻistonning Almati shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Beket Mahmudov xotirasiga bagʻishlangan Osiyo Kubogi — 2022 davom etmoqda.

Baluan Sholak nomidagi sport saroyida oʻtkazilayotgan musobaqaning birinchi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli keldi. 

Hamyurtlarimiz 7 ta oltin, 2 ta kumush, 8 ta bronza, jami 17 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallab turishibdi. Terma jamoamizning bu muvaffaqiyatiga qizlarimiz munosib hissa qoʻshishdi.

Ular kecha oʻtkazilgan 5 ta vazn toifasining barchasida chempionlik shohsupasiga koʻtarilishdi.

Oltin medallar:

-60 kg: Farrux Hamdamov,

-73 kg: Samariddin Muhibiddinov,

-40 kg: Laziza Haydarova,

-44 kg: Umidaxon Burxonjonova,

-48 kg: Sevinch Murodova,

-52 kg: Soʻgʻdiyona Rafkatova,

-57 kg: Aselxan Aralbayeva.

Kumush medallar:

-50 kg: Muhammadjon Masharipov,

-60 kg: Mirjalol Toʻxtayev.

Bronza medallar:

-50 kg: Mirjahon Sayfiddinov,

-50 kg: Javohir Umirov,

-55 kg: Amal Ibragimov,

-55 kg: Anvarjon Ibrohimov,

-60 kg: Shohruh Ibodullayev,

-66 kg: Saddam Husanov,

-48 kg: Aziza Davronova,

-52 kg: Mohinur Allaberganova.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер