Dzyudo: Bosniya va Gersegovinada kadetlar oʻrtasida jahon chempionati boshlandi

09:47 25 Avgust 2022 Sport
625 0

Musobaqaning birinchi kunida -44 kg. vazn toifasida bahs olib borgan Umidaxon Burxonjonova bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Yarim finalgacha yetib borgan hamyurtimiz uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda Moʻgʻuliston vakilidan ustun keldi. Ortda qolgan kun dasturida yana ikki nafar dzyudochimiz bronza medali uchun kurash olib bordi. 

Ammo ular murosasiz kechgan bellashuvlarda imkoniyatni boy berib qoʻyishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?