Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempionati start oldi

21:58 23 Noyabr 2022 Sport
408 0

Bugun poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyi dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qila boshlaydi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jam boʻlgan sara dzyudochilar uch kun davomida jami 14 ta (7 ta ayollar, 7 ta erkaklar) vaznda yilni Oʻzbekiston chempioni sifatida yakunlash uchun bahs olib boradi. 

Bugun erkaklar oʻrtasida -60, -66, ayollarda esa -48, -52, -57 kg vazn toifalarida gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʻladi. Saralash bellashuvlari soat 10:00da boshlanadi.

Bugungi bahslarda “Universal” sport saroyiga tashrif buyuradigan muxlislar aka-uka Sardor va Kemran Nurillayev, Dilshodbek Baratov, Muhriddin Tilovov, Sita Kadambayeva, Xalimajon Qurbonova, Gulnur Muratbayeva, Nilufar Yermaganbetova, Shukurjon Aminova singari terma jamoamiz aʼzolarining chiqishlariga guvoh boʻlishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?