Dunyoda mpox virusini yuqtirganlar soni 84 mingdan oshdi — JSST
Foto: Illustrativ foto
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʻra, oʻtgan yil 1-yanvardan shu kungacha dunyo boʻyicha 84,7 mingdan ortiq kishi mpox (maymun chechagi) virusini yuqtirgan.
Jumladan, birgina oʻtgan haftaning oʻzida bemorlar soni 302 nafarga koʻpaygan. Shunga qaramay, bu — joriy yil yanvar oyining ilk haftasiga nisbatan 44 ta kam koʻrsatkich.
Xastalik oʻtgan bir yildan ziyod davrda Yer yuzining 110 ta davlatida tarqalib ulgurdi. Eng achinarlisi, infeksiyaga chalingan bemorlardan 80 nafari kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.
Eng koʻp bemorlar roʻyxatga olingan mamlakatlar:
AQSH — 29,8 ming,
Braziliya — 10,6 ming,
Ispaniya — 7,5 ming,
Fransiya — 4,1 ming,
Kolumbiya — 4 ming nafar.
Tahlillarga koʻra, mpox bilan kasallanganlarning 96,6 foizini 29 yoshdan 41 yoshgacha boʻlgan bemorlar tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring