Dunyoda atom energiyasini ishlab chiqarish oʻsib bormoqda

Foto: "Xalq so`zi"
Yildan yilga dunyoda atom elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi oʻsib bormoqda, bu esa koʻplab yangi mamlakatlarning atom energetikasi texnologiyalariga qiziqishini uygʻotmoqda. Oʻtgan yili Birlashgan Arab Amirliklarida va Belarusda birinchi marotaba “atom elektri” olindi.
British Petroleum (BP) yonilgʻi kompaniyasining maʼlumotlariga koʻra 2013-yildan boshlab dunyoda atom energiyasini ishlab chiqarish barqaror oʻsib bormoqda. Ishlab chiqarish koʻrsatkichi 2012-yil 2,47 teravatt soat (TVt*s) boʻlgan boʻlsa, 2019-yilda 2,8 ming teravatt soatga yetgan, bu atom energiyasini ishlab chiqarish 13 % oshgani demakdir. VR qilgan prognozlarga qoʻra atom elektr stansiyalari ishlab chiqaradigan elektr energiyasi yaqin 20 yilda 3,4 ming TVt*soatgacha koʻpayishi, yaʼni 2012-yildagiga nisbatan 37% oshishi mumkin.
Bunga sabab ishlash muddatini oʻtab boʻlgan ikkinchi avlod energiya bloklari oʻrniga yangi, yana ham kuchliroq va energiya samaradorligi balandroq boʻlgan III va III+ avlod energiya bloklari oʻrnatilishidir. Masalan, Rosatomning eng ilgʻor mahsuloti boʻlgan VVER-1200 reaktori oʻrnatilgan energiya bloki 1200 MVt quvvat beradi hamda uning belgilangan quvvatdan foydalanish koeffitsiyenti rekord daraja 90 foizga yetadi.
Bugun dunyoning 32 ta mamlakatida atom elektr stansiyalari ishlab turibdi. Atom energiyasi AQSHda 2019-yil boshqa davlatlarga nisbatan koʻproq yaʼni, yiliga 852 TVt*s ishlab chiqarilgan. Fransiyada ushbu koʻrsatkich – 399 TVt*s. Xitoyda esa – 349 TVt*s tashkil etgan. Bu davlatlar yiliga 209 TVt*s energiya ishlab chiqaradigan Rossiya bilan bir qatorda butun dunyodagi atom energiyasi ishlab chiqarishning uchdan ikki qismini taʼminlab bermoqdalar. Oxirgi oʻn yil davomida atom energiyasini ishlab chiqaruvchi yetakchi davlatlar koʻpaymoqda. Atom generatsiyasiga Xitoy 279 TVt* va Rossiya 45 TVt*s koʻrsatkichlari bilan sezilarli hissa qoʻshdilar, Fransiya esa ishlab chiqarishini 11 TVt*s ga kamaytirdi.
“Ayrim mamlakatlar ishlash muddatini tugagan AESlarni yopishni rejalashtirmoqdalar yoki yopmoqdalar, chunki koʻpgina reaktorlarning qurilganiga 40 yildan oshgan, — deydi «Oʻzatom» agentligining Atom energetikasi va yadro texnologiyalar boshqarmasi boshligʻi Qosim Toʻxtaxunov. — Bu holatlar asosan oʻtgan asrning 70-80 yillarida atom energetikasi tez suratlarda rivojlangan Yevropa davlatlarida sodir boʻlmoqda».
AES energiya bloklari xizmat muddatini uzaytirish uchun anchagina jiddiy ishlarni amalga oshirish kerak, avvalo xavfsizlik tizimi, Fukusimadagi falokatdan keyin ishlab chiqilgan zamonaviy talablar ham shular jumlasidan. Albatta, energiya bloklarining hammasi ham hozirgi qattiq talablarga toʻgʻri kelmaydi, shuning uchun eskilarini yangilash bilan bir qatorda yangi energiya bloklari ham quriladi. Ishonchli va barqaror ishlaydigan energiya taʼminotida uglerodsiz energetikaga oʻtish uchun mamlakat energetika muvozanatining bir tomonida albatta atom energetikasi turishi kerak. Shundagina mamlakat bitta yoki ikkita energiya resursiga qaram boʻlib qolmaydi, bu kabi qaramlik davlatning energetika xavfsizligiga bevosita tahdid soladi.
Soʻnggi yillar atom energetikasi ishlab chiqarish istagida boʻlgan mamlakatlar talaygina. Bugungi kunda butun dunyo boʻylab umumiy quvvatda 394 098 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarayotgan 444 ta reaktor ishlamoqda. Yana umumiy quvvati 53 263 MVt boʻlgan 50 ta energiya bloki qurilish arafasida turibdi. Birlashgan Arab Amirliklari, Bangladesh, Belarus, Misr va Turkiya kabi davlatlarda esa energiya bloklarining ayrim qismlari birinchi marotaba qurildi. Yaqin 10-30 yil ichida yana beshta mamlakat energiya muvozanatiga atom energetikasi qoʻshilishini rejalashtirmoqda, ular qatorida Oʻzbekistondan tashqari quyosh energiyasiga boy Saudiya Arabistoni ham bor.
Bundan tashqari, Yevropa davlatlarining hammasi ham atom energetikasidan foydalanishni toʻxtatmoqchi emas. Chexiya, Bolgariya, Vengriya va Finlyandiyada yangi atom energiya bloklarini qurish reja qilingan yoki qurilish ishlari boshlangan. Bundan tashqari Yevropa atomchilar klubining yangi ishtirokchilari sirasiga Polsha ham qoʻshilishi kutilyapti. Bu yerda ayni damda mamlakatda birinchi AESni qurish borasida muzokaralar olib borilmoqda.
Hozir dunyoda elektr energiyasi ishlab chiqarish koʻrsatkichlari oʻsib bormoqda, oxirgi yillar energetika sohasi bilan birga xavfsizlik texnologiyalari ham rivojlanayotganini koʻryapmiz. Koʻpgina rivojlanayotgan davlatlar energetikaga, shu jumladan, atom energetikasiga investitsiya kiritishda davom etmoqdalar, chunki bu masalani hal qilmasdan turib mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirib boʻlmasligini tushunishadi. Atom energetikasini rivojlantirishning yana bir sababi — koʻpgina davlatlar “yashil” elektroenergiya ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida Parij kelishuvini imzolashgan, va bu bilan ular atmosferaga “issiqxona” gazi va zaharli gazlar chiqarishni kamaytirish majburiyatini olishgan. Bu masalani hal qilishning yagona yoʻli atom, quyosh, shamol va gidroenergetika kabi “yashil kvadrat” elektrogeneratsiyasini rivojlantirish hisoblanadi.
R. Alisherov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring