Dunyo tan olgan bastakor Lyudvig van Betxoven kar boʻlmaganligi aniqlandi

Foto: interesnyefakty.org
Musiqa tarixchisi Teodor Albrext olib borgan tadqiqoti asosida nemis bastakori Lyudvig van Betxovenning 9-simfoniyasini yozganda toʻliq kar boʻlmaganligi toʻgʻrisida xulosa qildi.
“Daily Mail” nashrining yozishicha, mutaxassis bu xulosaga 1818-yildan (ommalashgan fikrlarga koʻra, bastakorning eshitishi 1798-yilda zaiflashgan, 1814-yilda butunlay yoʻqolgan) to 1827-yildagi vafotiga qadar bastakorning doʻstlari bilan suhbatlari yozilgan 139 daftarni oʻrgangandan soʻng kelgan.
Tarixchi Betxovenning soʻnggi kunlariga qadar oz boʻlsa-da chap qulogʻi eshitganligini tasdiqlovchi kamida 23 maʼlumotni topgan.
Maʼlumot oʻrnida, Lyudvig van Betxoven yigirma yoshida (1790-yil) mohir pianinochi sifatida mashhur boʻlib, 31 yoshida birinchi simfoniyasini yozgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring