“Dunyo sadolari” Xonobodga 8,5 milliard soʻm keltirdi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Xonobod shahrida “Dunyo sadolari” xalqaro festivali boʻlib oʻtdi. Sayyohlik salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbir davomida shaharga mahalliy va xorijiy sayyohlarning tashrifi 2,5 barobarga ortdi. Bu koʻrsatkich 2 mln. nafarni tashkil etdi. Viloyat hokimligi tomonidan taqdim etilgan tahlilga koʻra, festival iqtisodiy yuksalishga sabab boʻlgan. Masalan, tadbirkorlik subyektlariga uch kun ichida 8,5 milliard soʻm tushum tushgan. Bu oʻtgan yilga nisbatan 2 barobarga ortiq. Savdo va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar soni oʻtgan 2023-yilda 48 tani tashkil etgan boʻlsa, 2024-yildagi xalqaro tadbir davomida doimiy faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik faoliyatlari soni 230 taga koʻpayib, qariyb 5 barobarga ortdi. Mehmonlarga xizmat koʻrsatuvchi dala hovli va uy mehmonxonalaridagi yotoq joylar soni 1900 tani tashkil qilib, 2024-yilda bu raqam 6 mingdan ortdi. 600 dan ortiq xonadonlarda uy mehmonxonalari tashkil topdi.
Festivalga barcha manbalar hisobidan 6 milliard soʻm mablagʻ sarflanganligini hisobga olsak, tadbir Xonobod shahri iqtisodiy-ijtimoiy hayotida ham tub burilish yasadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring