Dunyo okeanlari xavf ostida

19:17 05 Iyun 2024 Dunyo
545 0

Rahimova Nodira / OʻzJOKU talabasi. Dunyo okeanlari oldida 3 ta xavf turibdi. Buning natijasida dengiz hayvonlari va tabiat jiddiy zarar koʻrishi mumkin.

Yangi tadqiqotlarga koʻra, dunyo okeanlari issiqlikning meʼyoridan oshib ketishi, kislorodni yoʻqotish va kislotalanish kabi tahlikalarga yuz tutmoqda. Bir vaqtning oʻzida sodir boʻladigan bunday hodisalarga dunyo okeanining beshdan bir qismi bardosh bera olmasligi mumkin.

Inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan, jumladan, yoqilgʻi gazlari chiqarilishi, oʻrmonlarning qisqartirilishi kabi holatlar okean yuzasining beshdan bir qismini yuqorida aytilgan uchta xatarga nisbatan zaiflashtirib qoʻyadi.

Tadqiqotchi Joyel Vong issiqlik darajasi oshib ketishi dengiz hayotining koʻplab qismi nobud boʻlishiga sababchi ekanini taʼkidlaydi. Bu esa dunyo boʻylab dengiz ekotizimlari hamda baliqchilik sohasini inqirozga boshlashi mumkin.

Bundan taxminan 252 million yil oldin kislorod yetishmovchiligi sabab Yer oʻz tarixidagi eng yirik yoʻq boʻlish hodisasini boshdan kechirgan. “Buyuk oʻlim” deb nom olgan ushbu hodisa tufayli dengiz mavjudoti avlodlarining uchdan ikki qismi qirilib ketgan. Shu tufayli ham okeanlarni himoya qilish insoniyat hayotida juda katta rol oʻynaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер