Dunyo boʻylab vabo kasalligi tarqalish xavfi ortmoqda — JSST

Dunyo boʻylab vabo kasalligi tarqalish xavfi juda yuqori, deb baholanmoqda. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisobotiga tayanib Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning yanvar-iyun oylarida dunyoning 25 ta davlatida 250 ming nafarga yaqin kishi vabo bilan kasallangan va ulardan 2 137 nafari vafot etgan. Birgina iyun oyida 18 mamlakatda yashovchi 40,5 ming nafardan koʻproq bemorda mazkur xastalik aniqlangan. Ularning 166 nafari epidemiya oqibatida hayotdan koʻz yumgan.
Aksariyat vabo oʻchoqlari, yaʼni 32,5 mingga yaqin yangi kasallanish holatlari Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida roʻyxatga olingan. Afgʻonistonda qariyb 18,7 ming, Yamanda 6,6 mindan ortiq, Pokistonda esa 5200 dan ziyod kishi ushbu infeksiyani yuqtirgan.
“JSST dunyo boʻylab epidemiyalar soni ortishi va ularning tarqalish koʻlami kengayishi, shuningdek, vaksinalar va boshqa resurslar taqchilligini hisobga olib, global darajadagi xavfni juda yuqori, deb baholashda davom etmoqda”, deyiladi hisobotda.
Qayd etilishicha, qator davlatlarda vaboga qarshi emlash vositalari yetishmovchiligi kuzatilyapti. Oʻtgan yil yanvar oyidan buyon 17 ta mamlakat 102 million doza vaksina soʻragan boʻlsa, ishlab chiqarish miqdori 51 million dozani tashkil etgan. Bugun esa zaxiradagi 7,5 million doza emlash vositasi qolgan xolos.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring