Dubayda AQSH kompaniyasi rahbariyati bilan Oʻzbekiston tibbiyot sohasiga sarmoya kiritish istiqbollari muhokama qilindi

Oʻzbekistonning Dubaydagi (Birlashgan Arab Amirliklari) Bosh konsulligida ASHQning «3rd Curve Healthcare” kompaniyasi rahbari, doktor Shadi Shalaxti bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda Oʻzbekistonga xorijiy investitsiya va ilgʻor innovatsion texnologiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Shadi Shalaxti Yangi Oʻzbekistonning sarmoyaviy salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar bilan batafsil tanishtirildi.
«3rd Curve Healthcare” kompaniyasi rahbari tibbiyot muassasasi qurish, xalqaro standartlarga javob beradigan tibbiyot kadrlarini tayyorlash bazasini yaratish orqali Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash sohasiga sarmoya kiritishga qiziqish bildirdi. Shadi Shalaxtining aytishicha, ushbu loyihalar nafaqat Oʻzbekiston aholisiga xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni olish, balki mamlakatni Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik tibbiy markazga aylantirish uchun ham sharoit yaratadi.
Boʻlib oʻtgan muzokaralar soʻngida «3rd Curve Healthcare” kompaniyasi rahbariyatining Oʻzbekistonga biznes missiyasini tashkil etish, tashrif davomida Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa tashkilot hamda idoralar rahbarlari bilan uchrashib, sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilish boʻyicha kelishib olindi.
«3rd Curve Healthcare” kompaniya dunyoning turli mamlakatlarida tibbiyot va sogʻliqni saqlash sohasida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga ixtisoslashgan. Kompaniya AQSH, Buyuk Britaniya, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va boshqa mamlakatlarda shifoxonalar qurish va foydalanishga sarmoya kiritgan. U, shuningdek, konsalting xizmatlarining toʻliq siklini, yaʼni investorni tanlash, loyiha konsepsiyasi, tegishli kadrlarni tanlash va oʻqitishgacha boʻlgan jarayonni taqdim etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring