Dronlar dehqonlar ogʻirini yengil qilyapti
Qorakoʻl tumanidagi “Qahramon Akbar paxtakor”, “Yangiboy Ochil paxtakor” kabi qator fermer xoʻjaliklarida mana ikki yildirki, yer tasvirini olish, uni tekislash, sugʻorish kabi amallarni bekamu koʻst bajarishda dronlar xizmatidan foydalanilmoqda. Tumandagi “Merganteks” paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan Xitoydan xarid qilingan uchuvchisiz uchish qurilmalari shu tariqa dehqonlar ogʻirini yengil qilyapti.
Tajriba koʻrsatdiki, gʻoʻza bargini toʻkishda ham dronlar beminnat xizmatchi vazifasini oʻtaydi. Uning traktorlar vositasida harakatlanuvchi OVX purkagichlardan ustun jihatlari yoʻq emas. Bilamizki, traktor gʻoʻza qator orasida yursa hosil nishonasi sanalgan gʻoʻzadagi gulning bir qismi toʻkilishi ehtimoli mavjud. Koʻsaklarga ham ziyon yetishi mumkin. Qolaversa, yerdagi namlik miqdori talab darajasida boʻlgandagina OVX purkagichlari ish samaradorligi yuqori boʻladi. Dronlar esa boshqarib turilsa bas. Gʻoʻza bargini toʻkishda unga yetari yoʻq.
Aynan shu jihatlardan kelib chiqib, viloyatda “Merganteks” klasterida toʻplangan tajribani ommalashtirish saʼy-harakatiga kirishildi. 47 ming gektar maydondagi gʻoʻzaning bargini toʻkishda OVX purkagichlardan tashqari dronlardan ham foydalanilmoqda.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring