Donald Tramp Ukrainada inqirozini 24 soatda hal qilishini aytdi

03:07 04 May 2023 Dunyo
927 0

Foto: AP

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Ukraina inqirozini hal qilish unga oson ekanini aytdi.

“Bu oson boʻlardi. Boʻlayotgan voqealarning aksariyati pul va armiya bilan bogʻliq. Men buni 24 soat ichida uddalay olardim”, deydi Amerikaning sobiq rahbari.

Trampning soʻzlariga koʻra, u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni yaxshi biladi va vaziyatni tushunib turgani uchun mojaroni bir kunda hal qilishi mumkin.

Avvalroq, AQSHning sobiq prezidenti reytingni boʻlishmaslik uchun Respublikachilar partiyasidan prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun kurashda boshqa nomzodlar bilan birinchi debatni oʻtkazib yuborish niyatida ekani xabar qilingandi.

“The New York Times” Trampga yaqin manbaga tayanib, u raqiblar kampaniyasida yon berishni istamasligini yozdi. Soʻrov Trampning nafaqat Florida gubernatori Ron DeSantisdan, balki nomzodlardan ham yuqori ustunligini koʻrsatgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?