Donald Tramp Yevropani Ukrainaga koʻproq mablagʻ sarflashga chaqirdi

10:56 14 Mart 2024 Dunyo
661 0

Foto: Reuters

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Yevropa Ukrainani moliyalashtirishga koʻproq pul sarflashi kerakligini aytdi. Bu haqda u “Newsmax” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

Jurnalistlar Trampdan agar u prezidentlikka qayta saylansa, Ukrainaga ajratiladigan mablagʻni qisqartirish niyatidami yoki yoʻqligini soʻradi. Bunga javoban Tramp Yevropani Ukraina uchun AQSH bilan bir xil mablagʻ sarflashga chaqirdi.

“Yevropa Ukrainaga 100 milliard dollarga kam sarflamoqda. Bu Amerikaga nisbatan adolatsizlik, amerikalik soliq toʻlovchilarga nisbatan adolatsizlik”, — deydi siyosatchi.

Avvalroq, AQSH prezidenti Jo Bayden davlat kotibi Entoni Blinkenga Ukrainaga yordam koʻrsatishni topshirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер