“Dolzarb bir oylik”: aholi muammolari o‘z yechimini topmoqda

Yurtimizda “Dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida aholining turmush tarzini yanada yaxshilash, hayoti farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibori qaratilayotir.
Ayni shu maqsadda Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, qator vazirlik va idora rahbarlari, mas’ul vakillaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkent shahrida davom ettirdi.
Dastlab ishchi guruh Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda poytaxtning har bir tumaniga mas’ullar biriktirgan holda mahallabay tarzda bunyodkorlik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda muammolarni joylarga chiqqan holda o‘rganib, bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirdi.
Xususan, fuqarolar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda aniqlangan muammolarning yechimi bo‘yicha ko‘rilgan choralarning natijadorligini oshirish, yechimini kutayotgan muammolarni hal etish maqsadida poytaxt tumanlarida yuzga yaqin sayyor qabullar o‘tkazildi. Ularda ko‘tarilgan 1 ming 300 ga yaqin masalalardan 345 tasi ijobiy hal etildi. Muayyan vaqt hamda mablag‘ talab etadigan masalalar bo‘yicha aniq vaqt va ijro muddatlari belgilanib, nazoratga olindi.
Qabul davomida kelib tushgan murojaatlar asosida poytaxt tumanlarining ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash yo‘lida 390 ming kvadrat metrga yaqin ichki yo‘llar, 30 ming kvadrat metrga yaqin markaziy ko‘chalar mukammal hamda joriy ta’mirlandi. Asfalt-beton qoplamasi yotqizilib, 20 kilometrga yaqin temir-beton novlar va 30 kilometrdan ziyod yo‘l to‘siqlari ta’mirdan chiqarildi.
Bundan tashqari, elektr energiya ta’minotini yaxshilash uchun yuzga yaqin eski sim yog‘ochlar yangi beton ustunlariga almashtirildi, yangi sip kabel tarmoqlari tortildi. Yangi transformatorlar o‘rnatilib, 200 dan ziyodi joriy va mukammal ta’mirlandi. Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlari yaxshilandi. Shu bilan bilan birga, shahar ijtimoiy infratuzilma obyektlarini zamonaviy talab darajasiga olib chiqish uchun 20 dan ziyod bolalar bog‘chalari, maktab, shifoxona hamda poliklinikalar ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.
Aholi istiqomat qilayotgan to‘qsonga yaqin ko‘p qavatli uylardagi kamchiliklari bartaraf etildi. Jumladan, 4 ta uyning fasad qismi, 25 ta uyning yerto‘la qismi hamda 36 ta uyning tom qismlari ta’mirlandi, yangi lift uskunalari o‘rnatildi.
Bu hali hammasi emas. Ishchi guruh vakillari boshchiligida “Dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida poytaxtning barcha mahallarida 2 mingdan ziyod turli bayram tadbirlari ham tashkil etildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir mahallalarda arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, mehnat yarmarkalari ham tashkil etildi.
Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari tizimli hamda manzilli tashkil etilishi natijasida ijtimoiy soha obyektlari atrofi obodonlashtirildi, 3 mingga yaqin ko‘cha chiqindidan tozalandi, 120 dan ortiq qabriston (ziyoratgohlar) obod qilindi.
Ta’kidlash joizki, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida poytaxt hududlarida ko‘chat ekish ishlari tashkil etilyapti. Ushbu xayrli amallar doirasida 600 mingdan ziyod turli mevali va manzarali daraxtlar ekildi.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring