Dogʻistonda uch kunlik motam eʼlon qilindi
Foto: Ijtimoiy tarmoq
Dogʻistonda 23-iyun kuni kechqurun Maxachqalʼa va Derbent shahrida qurollangan nomaʼlum shaxslar pravoslav cherkovlari, sinagogalar va yoʻl-patrul xizmati postiga hujum qildi. Oqibatda 15 dan ortiq politsiya xodimi halok boʻldi, jangarilar esa oʻldirildi. Dogʻistonda uch kunlik motam eʼlon qilindi.
Milliy antiterror qoʻmitasi Derbentdagi otishmalar yarim tungacha davom etganini maʼlum qilgan. Xabarlarga koʻra, 6 nafar jangari oʻldirilgan.
Huquq-tartibot idoralari aytishicha, jangarilar xalqaro terrorchilik tashkiloti aʼzolaridir.
Oʻldirilgan jangarilardan ikki nafari Dogʻistonning Sergokalinskiy tumani rahbari Magomed Omarovning oʻgʻillari, yana biri esa uning jiyani ekani aytilmoqda.
«Terrorchilar yana bir bor oʻzlarining haqiqiy qabih va qoʻrqoq tabiatini koʻrsatdilar. Doimgidek qurolsiz, himoyasiz odamlarni qurbon sifatida tanladi va keksa ruhoniyni oʻldirishdi. Boʻlib oʻtgan voqea qabih provokatsiya va dinlar oʻrtasida kelishmovchilikni keltirib chiqarishga urinishdek koʻrinadi. Jinoyatni sodir etganlarning na iymoni, na millati bor. Ularni joyida yoʻq qilish kerak», — deydi Ramzan Qodirov.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya hududida sodir etilgan ushbu terrorchilik harakatlari oqibatida koʻplab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va fuqarolar qurbon boʻlgani munosabati bilan Vladimir Putinga maktub yoʻllab, chuqur hamdardlik bildirdi.
Oʻzbekiston yetakchisi Dogʻistondagi terrorchilik hujumlarini qatʼiy qoraladi hamda ushbu tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalarning faol hamkorligini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring