Diyora Keldiyorovadan Abdumalik Halakovgacha: 3-avgustda Parij Olimpiadasi taqvimi qanday?

01:54 03 Avgust 2024 Sport
580 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Bugundan «Parij-2024» yozgi Olimpiada oʻyinlari doirasida yengil atletikachilarimiz bahslarga kirishishadi. Kun davomida 3 sport turida atletimiz ishtirok etishadi.

Kunni dzyudo boʻyicha jamoaviy bahsda qatnashadigan sportchilarimiz ochib beradi. Soat taxminan 11:00 dan boshlab, Oʻzbekiston dzyudo terma jamoasi (aralash) Kanada terma jamoasiga qarshi tatamiga koʻtariladi.

Jamoaviy bahslarda Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova ham qatnashishi koʻzda tutilgan.

Soat 13:00 ga yaqin «B» guruhi finalida Anna Prakaten oʻz omadini sinab koʻradi. Garchi ushbu final hech qanday medal olib kelmasa ham, mamlakatimizda ushbu sport turning rivojlanishi uchun ahamiyatli hisoblanadi.

Boks boʻyicha esa 3 ta chorak final bahsini oʻtkazamiz. Dastlab yigitlarimiz ringga koʻtariladi. 57 kggacha boʻlgan vazn toifasida bayroqdorimiz Abdulmalik Halakov ringga koʻtarilsa, -71 kg vazn toifasida Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev raqibini sinovdan oʻtkazadi.

Albatta, soʻnggi bokschi qizimiz Navbahor Hamidovaning bahsi ham yurtdoshlarimizda qiziqish uygʻotmoqda. Maʼlum qilinishicha, mazkur bahs 4-avgustga oʻtar kechasi tungi soat 00:30 dan keyin boʻlib oʻtadi.

«Xalq soʻzi» barcha sportchilarimizga omad va muvaffaqiyat tilaydi.

Avvalroq, Alisher Yusupov bronza medal sohibi boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер