Diyora Keldiyorova yilning eng yaxshisi boʻlishga daʼvogarlik qilmoqda

10:16 13 Dekabr 2024 Sport
237 0

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2024-yil yakunlariga koʻra eng yaxshilarni aniqlash boʻyicha ovoz berish jarayonlari boshlanganini eʼlon qildi.

Eʼtiborlisi shundaki, IJF tomonidan taqdim qilingan yoʻnalishlarda oʻzbek dzyudosiga aloqador quyidagi 5 nomzodni uchratish mumkin:

Bolalar uchun dzyudo: Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining tashabbusi bilan tashkil etilgan “judogirls.uz” loyihasi;

Yil voqeligi: Diyora Keldiyorovaning yaponiyalik Uta Abe ustidan qozongan gʻalabasi;

Muvaffaqiyatli murabbiylik: Marko Shpittka (Oʻzbekiston ayollar terma jamoasidagi ishi uchun);

Yilning eng yaxshi ayol dzyudochisi: Diyora Keldiyorova;

Yil ipponi: Muhammad Jumayevning Dushanbe “Katta dubulgʻa” turniridagi usuli.

Ovoz berish faqatgina IJF ning “JudoTV” platformasi orqali amalga oshiriladi. Buning uchun “JudoTV” mobil ilovasini yuklab olish yoki quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Ovoz berish 2025-yilning 10-yanvarigacha davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?