“Diviziondagi eng yaxshi jang”: Murodjon Ahmadaliyev — Naoya Inoue jangi tasdiqlandi
Ikkinchi eng yengil vaznda mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoue ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim chempioni boʻlib turgan Murodjon Ahmadaliyevga qarshi jang oʻtkazishi tasdiqlandi. Bu haqida britaniyalik boks promouteri Eddi Xirn oʻzining “X” ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
“Uzoq kutilgan kelishuv nihoyat yakunlandi. Oʻzbek Monstrga qarshi! Bu jang ushbu divizionning eng yaxshi jangi”, — deb yozgan promouter Eddi Xirn “X” sahifasida.
Koʻplab boks mutaxassislari hamda tashkilotlar ushbu jang shu yilning 14-sentyabr sanasida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida oʻtkazilishini taxmin qilishmoqda.

Avvalroq, ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim chempioni boʻlib turgan Murodjon Ahmadaliyev vaznning mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi ringga koʻtarishi haqida xabar berilgan edi.
“Naoya Inoue hamda Murodjon Ahmadaliyev jangi shu yilning 14-sentyabr sanasida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilyapti”, — degan edi Ahmadaliyevning menejeri Vadim Kornilov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring