“Diqqat, mahalla radiouzelidan gapiramiz!”
Xovos tumanidagi Oqchangal mahallasining moʻjaz radiostudiyasi bor. Ushbu hududiy axborot uzatish vositasi orqali mahalla hayotiga oid yangiliklar, eʼlonlar berib boriladi. Vaqti-vaqti bilan milliy musiqamiz sadolari ham yangrab turadi.
— Radio — axborot uzatish va uni qabul qilishning eng qulay vositasi, — deydi mazkur mahallaning yoshlar yetakchisi Jamshid Bektoshev. — Uning ana shu muhim jihatlari mahallamizdagi radiouzel misolida ham oʻz ifodasini topayotir. Unda mahallamiz hamda aholi uchun muhim ahamiyatga ega axborot va eʼlonlar beriladi. Yoshlar hayotiga oid xabarlarga alohida eʼtibor qaratiladi. Radiotarmogʻimizda yangrayotgan mumtoz musiqa namunalari barchaga manzur boʻlmoqda.

Maʼlum qilinishicha, hozirda Xovos tumanidagi barcha mahallalarning ana shunday radiotarmoqlari mavjud.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring