Diqqat: bir saylovchiga boshqalar uchun ovoz berishga yoʻl qoʻyganlar javobgarlikka tortiladi
Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi. Ushbu qoʻshimchalar orasida bir necha marta saylov byulletenini berganlik uchun javobgarlik ham bor.
Maʼlum boʻlishicha, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, saylov komissiyasining yoki referendum oʻtkazuvchi komissiyaning aʼzosi tomonidan fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Shuningdek, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari boʻyicha Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoxud hisobotda bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritildi.
Ushbu huquqiy normaning joriy etilishi 27-oktyabr sanasida yurtimizda oʻtkaziladigan Parlament saylovlari oldidan juda muhim oʻzgarish hisoblanadi.
Avvalroq, Oʻzbekistonliklar qaysi davlatlarga koʻproq sayohat qilishayotgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring