Dilshod Ashurov Xalqaro notariuslar ittifoqi Boshqaruv qoʻmitasiga saylandi
Bugun Xalqaro notariuslar ittifoqi (XNI) Osiyo ishlar komissiyasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov ishtirok etdi.
Yigʻilishda 2026–2028-yillar uchun XNI Osiyo ishlar komissiyasi Prezidentini qayta saylash hamda Osiyo mintaqasidan XNI Boshqaruv qoʻmitasi aʼzoligiga ovoz berish huquqiga ega vakilni tanlash boʻyicha ikki muhim masala koʻrib chiqildi.
Ovoz berish natijalariga koʻra, XNI Boshqaruv qoʻmitasi aʼzoligiga Dilshod Ashurovning nomzodi bir ovozdan maʼqullandi.
Bu qaror bilan Oʻzbekiston notariati xalqaro maydondagi oʻz nufuzi va mavqeini yana bir bor mustahkamladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring